O'zbekiston restoranlari uchun

Kassa sichqonchasiz
ishlaydi

Buyurtmadan chekgacha — yetti marta klavish bosish. Oshxona ekrani bir soniyada yangilanadi. Internet uzilsa ham kassa to'xtamaydi.

Sozlash bepul Ma'lumotlaringiz sizniki
F2 1 2 F4 100000 Enter Enter

Yangi buyurtma ochildi

kassa · dinepos.uz
DinePOS kassa ekrani: kategoriyalar, rasmli mahsulot kartalari va buyurtma paneli
  1. F2 — Yangi buyurtma ochildi
  2. 1 — Lag'mon qo'shildi · 45 000
  3. 2 — Manti qo'shildi · 35 000
  4. F4 — To'lov oynasi · jami 80 000
  5. 100000 — Mijoz 100 000 berdi
  6. Enter — To'lov tasdiqlandi
  7. Enter — Qaytim 20 000 · kassa bo'sh
7
klavish bosish —
to'liq sotuv sikli
~1 s
buyurtma kassadan
oshxona ekraniga yetadi
8 × 47
rol va huquq —
kim nima qila oladi
0
narx maydoni —
kassir narx yubora olmaydi
Muammolar va yechimlar

Restoran biznesida
uchta asosiy muammo

DinePOS ularni bartaraf etadi — tez, aniq va ishonchli.

Navbat cho'zilyapti

Kassir sichqonchani qidiradi, menyuni aylantiradi, mijoz kutadi.

Yechim

Barcha amal klaviaturada: F2 yangi buyurtma, 19 mahsulot, F4 to'lov.

Oshxona kech biladi

Qog'oz chek yo'qoladi, oshpaz buyurtmani kech ko'radi, taom kechikadi.

Yechim

Buyurtma ekranda bir soniyada paydo bo'ladi. Rang vaqtni ko'rsatadi: yashil в†’ sariq в†’ qizil.

Kassa farqi tushunarsiz

Kun oxirida pul kam. Kim, qachon, qancha chegirma bergani noma'lum.

Yechim

Har bir chegirma, bekor qilish va qaytarish yozib boriladi — kim qilgani va sababi bilan.

Imkoniyatlar

To'qqizta asosiy imkoniyat

DinePOS — bu faqat kassa emas. Bu butun restoran biznesini boshqarish tizimi.

Klaviatura bilan boshqaruv

F1–F12 va tezkor raqamlar. Kassir sichqonchaga qo'l urmasdan butun smenani ishlab chiqadi.

F2F3F4F5Ctrl+K

Oshxona ekrani (KDS)

Uchta ustun: yangi, tayyorlanmoqda, tayyor. Katta shrift — bir metrdan o'qiladi. Oshpaz bitta klavish bilan bosqichni o'zgartiradi.

Narx serverda hisoblanadi

Kassa ilovasi narx yubora olmaydi — server o'zi hisoblaydi. Ekrandagi va chekdagi summa hech qachon farq qilmaydi.

Ikki marta pul olinmaydi

Tugma ikki marta bosilsa yoki tarmoq uzilib so'rov qaytarilsa ham, to'lov bir marta o'tadi. Kafolat baza darajasida.

Ombor retsept bo'yicha

Lag'mon sotilganda go'sht, xamir va sabzi avtomatik ayiriladi. Tannarx va marja o'zi hisoblanadi.

Smena va Z-hisobot

Smena ochilishi va yopilishi, to'lov usullari kesimi, kassadagi farq. Farq bo'lsa izohsiz yopilmaydi.

Rollar va huquqlar

Sakkizta rol, 47 ta huquq. Kassirning chegirma limiti bor — undan oshsa menejer PIN kodi so'raladi.

Ko'p filial

Har bir filial alohida, hisobotlar esa umumiy. Restoraningiz o'z manzilida ishlaydi: nomingiz.dinepos.uz

Internet uzilsa ham

Kassa ishlashda davom etadi, buyurtmalar navbatga saqlanadi va aloqa tiklanganda o'zi yuboriladi.

Ovqatlanish sohasining har bir turiga

Har bir biznes uchun
mos yechim

Asosi bitta — kassa, oshxona, ombor va hisobot. Yo'nalishga qarab esa sozlash o'zgaradi: qaysi ekran birinchi ochiladi, qanday hisoblanadi, nima chop etiladi.

Restoran

Restoran

Zal, ofitsiantlar, oshxona

Nima yechiladi Stol xaritasi, ofitsiant ilovasi, hisobni bo'lish va ko'chirish.
Kafe va choyxona

Kafe va choyxona

Tez xizmat, kichik menyu

Nima yechiladi Bir necha klavish bilan buyurtma. Doimiy mijozlar bazasi.
Fastfud

Fastfud

Navbat va tezlik

Nima yechiladi Buyurtma raqami, olib ketish, oshxonaga darhol yuborish.
Qahvaxona

Qahvaxona

Modifikatorlar va sodiqlik

Nima yechiladi Sut turi, shakar, sirop — bir tegishda. Ball to'plash.
Pitseriya

Pitseriya

O'lcham va qo'shimchalar

Nima yechiladi Har bir o'lchamga alohida narx, qo'shimchalar ro'yxati.
Nonvoyxona

Nonvoyxona

Tarozi va ishlab chiqarish

Nima yechiladi Vaznga qarab sotish, xamir va un bo'yicha ombor.
Bar va pab

Bar va pab

Ochiq hisob, smena

Nima yechiladi Stolga hisob yozib borish, smena yopilishida to'liq nazorat.
Yetkazib berish

Yetkazib berish

Kuryer va manzil

Nima yechiladi Telegram bot orqali buyurtma, manzil, kuryer tayinlash.
Oshxona va stolovaya

Oshxona va stolovaya

Kunlik menyu, abonement

Nima yechiladi Har kun boshqa menyu, xodimlar uchun kunlik hisob.
Kalyanxona

Kalyanxona

Vaqt bo'yicha hisob

Nima yechiladi Stol qancha band bo'lgani yoziladi va hisobga qo'shiladi.
Food court

Food court

Bir necha nuqta

Nima yechiladi Har bir nuqta alohida, hisobotlar esa umumiy.
Banket va to'yxona

Banket va to'yxona

Oldindan buyurtma

Nima yechiladi Sana bo'yicha bron, depozit, katta buyurtmalar.

Yo'nalishingiz ro'yxatda yo'qmi?

Ro'yxat to'liq emas — ovqatlanish sohasida ish tartibi juda xilma-xil. Tizim moslashuvchan qurilgan: menyu tuzilishi, hisoblash qoidalari, chek ko'rinishi va ekranlar tartibi sozlanadi.

Bizga qanday ishlashingizni aytib bering — mos keladimi yoki yo'qmi, ochiq javob beramiz. Mos kelmasa, shuni ham aytamiz.

Ishimizni gaplashamiz
Haqiqiy suratlar

Haqiqiy suratlar —
haqiqiy ish jarayoni

Bu rasmlar chizilgan emas: ishlayotgan tizimdan olingan.

Kassa — P-04
Kassa — P-04
Kassir

Kassa — P-04

Chapda kategoriyalar, o'rtada rasmli mahsulotlar, o'ngda buyurtma. Har bir kartada tezkor raqam bor.

  • Klaviatura bilan to'liq boshqaruv
  • Mahsulot rasmi bilan — adashmaydi
  • Pastda tezkor tugmalar doim ko'rinadi
Oshxona ekrani — K-01
Oshxona ekrani — K-01
Oshpaz

Oshxona ekrani — K-01

Kartaning rangi kutish vaqtini ko'rsatadi — oshpaz raqamni o'qishi shart emas. O'ng yuqorida «Jonli» belgisi.

  • Uchta ustun: yangi · tayyorlanmoqda · tayyor
  • Bir metrdan o'qiladigan shrift
  • Bitta klavish — keyingi bosqich
Boshqaruv paneli
Boshqaruv paneli
Rahbar

Boshqaruv paneli

Rahbar brauzerdan kiradi. Yuqorida signal xabarlari: qaysi mahsulot tugagan, qaysi stol uzoq band.

  • Kunlik savdo va o'rtacha chek
  • To'lov usullari kesimi
  • Telefondan ham ochiladi
To'lov va chek
To'lov va chek
Kassir

To'lov va chek

Qaytim kassir yozayotganda hisoblanadi. Chek 80 mm lentaga moslangan va chop etishdan oldin ekranda qog'ozdagidek ko'rinadi.

  • Naqd, karta, aralash to'lov
  • Qaytim jonli hisoblanadi
  • Chek yoki hisob — bir klavish
Ombor va qoldiqlar
Ombor va qoldiqlar
Omborchi

Ombor va qoldiqlar

Har bir ingredient bo'yicha qoldiq, minimal daraja va qiymat. Qatorni bossangiz — harakat tarixi.

  • Retsept bo'yicha avtomatik ayirish
  • Minimal darajaga yetganda signal
  • Kirim, chiqim, inventarizatsiya
Boshlash

3 qadamda tayyor

DinePOS'ni ishga tushirish oson. Biz siz bilan birga barcha jarayonni bosqichma-bosqich o'tkazamiz.

01

Bog'lanasiz

Restoraningiz haqida gaplashamiz: nechta filial, nechta stol, qanday ishlaysiz. Demo ko'rsatamiz.

Demo — 20 daqiqa
02

Sozlaymiz

Menyu, narxlar, stollar va xodimlarni kiritamiz. Retseptlar bo'lsa — omborni ham ulaymiz. Sizda tayyor tizim bo'ladi.

Sozlash bepul
03

Ishlaysiz

Xodimlarni o'rgatamiz — kassir uchun bir soat yetadi. Birinchi hafta yoningizda bo'lamiz.

Birinchi hafta yoningizda
Narxlar

Narx restoraningizga qarab

Har bir restoran boshqacha. Shuning uchun aniq raqamni suhbatdan keyin aytamiz — bir marta va yashirin to'lovsiz. Sozlash va o'rgatish narxga kiradi.

Basic

Boshlang'ich

Kichik kafe, choyxona va nonvoyxonalar uchun

1 filial · 2 tagacha kassa
  • Kassa va oshxona ekrani
  • Menyu, narx, kategoriya
  • Ombor va retseptlar
  • Smena va hisobotlar
  • Telefon orqali qo'llab-quvvatlash
Taklif olish
Ommabop tanlov Professional

Restoran

To'liq restoran: zal, ofitsiantlar, yetkazib berish

1 filial · cheksiz kassa
  • Boshlang'ichdagi hammasi
  • Ofitsiant ilovasi
  • Telegram bot va Mini App
  • Mijozlar bazasi va sodiqlik
  • Kengaytirilgan hisobotlar
  • Ustuvor qo'llab-quvvatlash
Taklif olish
Enterprise

Tarmoq

Bir nechta filial, markazlashgan boshqaruv

Cheksiz filial
  • Restorandagi hammasi
  • Filiallar kesimidagi hisobotlar
  • Markaziy ombor
  • Integratsiyalar (1C, to'lov tizimlari)
  • Shaxsiy menejer
Taklif olish

Narx nimaga bog'liq

Filial va kassa soni Nechta nuqtada va nechta terminalda ishlaysiz.
Qaysi imkoniyatlar kerak Oshxona ekrani, ofitsiant ilovasi, bot, ombor — hammasi shart emas.
Sozlash hajmi Menyu kattaligi, eski tizimdan ko'chirish, xodimlarni o'rgatish.

Bog'lanib, restoraningiz haqida aytib bering — aniq taklif tayyorlaymiz. Majburiyat yo'q.

Savol-javob

Tez-tez so'raladigan savollar

Internet uzilsa kassa to'xtaydimi?
Yo'q. Kassa ishlashda davom etadi: buyurtma qabul qilinadi, hisoblanadi va qurilmada saqlanadi. Aloqa tiklanganda hamma narsa o'zi serverga yuboriladi — kassir qo'shimcha hech narsa qilmaydi.
Qanday qurilma kerak?
Kassa uchun oddiy kompyuter yoki planshet va klaviatura yetadi. Oshxona ekrani uchun — televizor yoki monitor. Chek printeri 80 mm lentali bo'lsa bo'ldi. Rahbar oddiy brauzerdan kiradi, telefondan ham.
Ma'lumotlarim kimga tegishli?
Sizga. Xohlagan vaqtda menyu, buyurtmalar va hisobotlarni yuklab olishingiz mumkin. Har bir restoranning ma'lumoti alohida ajratilgan — boshqa mijoz uni ko'ra olmaydi.
Kassir buyurtmani o'zgartirib, pulni olib qo'ya oladimi?
Narxni kassa ilovasi umuman yubora olmaydi — uni server hisoblaydi. Chegirma esa rol limiti bilan cheklangan: limitdan oshsa menejer PIN kodi so'raladi. Har bir chegirma, bekor qilish va qaytarish kim tomonidan va nima sababdan qilingani bilan yozib boriladi.
Ofitsiantlar telefondan ishlay oladimi?
Ha. Ofitsiant telefondan stolga buyurtma qabul qiladi va u to'g'ridan-to'g'ri oshxonaga tushadi. Taom tayyor bo'lganda ofitsiant xabar oladi.
Mavjud menyuni ko'chirib bera olasizmi?
Ha. Excel fayl yoki eski tizimingizdagi ma'lumotni o'zimiz ko'chiramiz — bu sozlash narxiga kiradi.
Narxi qancha?
Aniq raqam restoraningizga qarab belgilanadi: nechta filial, nechta kassa, qaysi imkoniyatlar kerak. Shuning uchun saytga raqam yozib qo'ymaymiz — o'ylab topilgan narx birinchi suhbatdayoq o'zgarsa, bu ishonchni yo'qotadi. Bog'laning — restoraningizni ko'rib, aniq taklif tayyorlaymiz.
Shartnoma qancha muddatga tuziladi?
Oylik. Bog'lab qo'yadigan uzoq muddatli majburiyat yo'q — xohlagan oyda to'xtatishingiz mumkin.
Shoxrux Ziyodullayev
Kim quradi

Shoxrux Ziyodullayev

Full-stack dasturchi · biznes tizimlari

O'zbekistondagi kichik va o'rta biznes uchun ish tizimlarini quraman: buxgalteriya, savdo, kassa va ichki boshqaruv. Tayyor qutidagi dastur emas — har bir tizim mijozning haqiqiy ish jarayoniga moslab yoziladi va ishga tushgandan keyin ham qo'llab-quvvatlanadi.

Bepul demo

Restoraningizni ko'rsatib bering

Qanday ishlashingizni tushunib, aynan sizga mos sozlashni ko'rsatamiz. Demo 20 daqiqa oladi.

Savollaringiz bormi?

Biz bilan bog'laning — mutaxassislarimiz yordam beradi.

+998 99 098 25 54Qo'ng'iroq yoki Telegram Telegram@shoxruxdev_uz1 Demo so'rash