Navbat cho'zilyapti
Kassir sichqonchani qidiradi, menyuni aylantiradi, mijoz kutadi.
Barcha amal klaviaturada: F2 yangi buyurtma, 1…9 mahsulot, F4 to'lov.
Buyurtmadan chekgacha — yetti marta klavish bosish. Oshxona ekrani bir soniyada yangilanadi. Internet uzilsa ham kassa to'xtamaydi.
Yangi buyurtma ochildi
DinePOS ularni bartaraf etadi — tez, aniq va ishonchli.
Kassir sichqonchani qidiradi, menyuni aylantiradi, mijoz kutadi.
Barcha amal klaviaturada: F2 yangi buyurtma, 1…9 mahsulot, F4 to'lov.
Qog'oz chek yo'qoladi, oshpaz buyurtmani kech ko'radi, taom kechikadi.
Buyurtma ekranda bir soniyada paydo bo'ladi. Rang vaqtni ko'rsatadi: yashil в†’ sariq в†’ qizil.
Kun oxirida pul kam. Kim, qachon, qancha chegirma bergani noma'lum.
Har bir chegirma, bekor qilish va qaytarish yozib boriladi — kim qilgani va sababi bilan.
DinePOS — bu faqat kassa emas. Bu butun restoran biznesini boshqarish tizimi.
F1–F12 va tezkor raqamlar. Kassir sichqonchaga qo'l urmasdan butun smenani ishlab chiqadi.
Uchta ustun: yangi, tayyorlanmoqda, tayyor. Katta shrift — bir metrdan o'qiladi. Oshpaz bitta klavish bilan bosqichni o'zgartiradi.
Kassa ilovasi narx yubora olmaydi — server o'zi hisoblaydi. Ekrandagi va chekdagi summa hech qachon farq qilmaydi.
Tugma ikki marta bosilsa yoki tarmoq uzilib so'rov qaytarilsa ham, to'lov bir marta o'tadi. Kafolat baza darajasida.
Lag'mon sotilganda go'sht, xamir va sabzi avtomatik ayiriladi. Tannarx va marja o'zi hisoblanadi.
Smena ochilishi va yopilishi, to'lov usullari kesimi, kassadagi farq. Farq bo'lsa izohsiz yopilmaydi.
Sakkizta rol, 47 ta huquq. Kassirning chegirma limiti bor — undan oshsa menejer PIN kodi so'raladi.
Har bir filial alohida, hisobotlar esa umumiy. Restoraningiz o'z manzilida ishlaydi: nomingiz.dinepos.uz
Kassa ishlashda davom etadi, buyurtmalar navbatga saqlanadi va aloqa tiklanganda o'zi yuboriladi.
Asosi bitta — kassa, oshxona, ombor va hisobot. Yo'nalishga qarab esa sozlash o'zgaradi: qaysi ekran birinchi ochiladi, qanday hisoblanadi, nima chop etiladi.
Zal, ofitsiantlar, oshxona
Tez xizmat, kichik menyu
Navbat va tezlik
Modifikatorlar va sodiqlik
O'lcham va qo'shimchalar
Tarozi va ishlab chiqarish
Ochiq hisob, smena
Kuryer va manzil
Kunlik menyu, abonement
Vaqt bo'yicha hisob
Bir necha nuqta
Oldindan buyurtma
Ro'yxat to'liq emas — ovqatlanish sohasida ish tartibi juda xilma-xil. Tizim moslashuvchan qurilgan: menyu tuzilishi, hisoblash qoidalari, chek ko'rinishi va ekranlar tartibi sozlanadi.
Bizga qanday ishlashingizni aytib bering — mos keladimi yoki yo'qmi, ochiq javob beramiz. Mos kelmasa, shuni ham aytamiz.
Bu rasmlar chizilgan emas: ishlayotgan tizimdan olingan.
Chapda kategoriyalar, o'rtada rasmli mahsulotlar, o'ngda buyurtma. Har bir kartada tezkor raqam bor.
Kartaning rangi kutish vaqtini ko'rsatadi — oshpaz raqamni o'qishi shart emas. O'ng yuqorida «Jonli» belgisi.
Rahbar brauzerdan kiradi. Yuqorida signal xabarlari: qaysi mahsulot tugagan, qaysi stol uzoq band.
Qaytim kassir yozayotganda hisoblanadi. Chek 80 mm lentaga moslangan va chop etishdan oldin ekranda qog'ozdagidek ko'rinadi.
Har bir ingredient bo'yicha qoldiq, minimal daraja va qiymat. Qatorni bossangiz — harakat tarixi.
DinePOS'ni ishga tushirish oson. Biz siz bilan birga barcha jarayonni bosqichma-bosqich o'tkazamiz.
Restoraningiz haqida gaplashamiz: nechta filial, nechta stol, qanday ishlaysiz. Demo ko'rsatamiz.
Menyu, narxlar, stollar va xodimlarni kiritamiz. Retseptlar bo'lsa — omborni ham ulaymiz. Sizda tayyor tizim bo'ladi.
Xodimlarni o'rgatamiz — kassir uchun bir soat yetadi. Birinchi hafta yoningizda bo'lamiz.
Har bir restoran boshqacha. Shuning uchun aniq raqamni suhbatdan keyin aytamiz — bir marta va yashirin to'lovsiz. Sozlash va o'rgatish narxga kiradi.
Kichik kafe, choyxona va nonvoyxonalar uchun
To'liq restoran: zal, ofitsiantlar, yetkazib berish
Bir nechta filial, markazlashgan boshqaruv
Bog'lanib, restoraningiz haqida aytib bering — aniq taklif tayyorlaymiz. Majburiyat yo'q.
Qanday ishlashingizni tushunib, aynan sizga mos sozlashni ko'rsatamiz. Demo 20 daqiqa oladi.
Manzilni bilmasangiz — administratoringizdan so'rang.